Для оформление страхового случая скачайте приложение Neo Insurance
Оформляйте полис, получайте помощь 24/7, следите за статусом полиса и заявки

Компания цифрового страхования Neo Insurance отметила свою первую годовщину.
O‘zbekistonda sug‘urta bozori shakllanganiga 30 yildan oshgan bo‘lsa-da, sug‘urta kompaniyalariga bo‘lgan ishonch darajasi uncha baland emas. O‘zbekistonda dastlabki raqamli sug‘urta kompaniyasi hisoblangan Neo Insurance`ning sug‘urta bozoriga kirib kelishi ushbu vaziyatni o‘zgartirishi mumkin. Raqamlashtirish tendensiyalari va mijozlar talabini yaxshi anglagan holda, “Doimo siz tarafda” shiori bilan kompaniya sug‘urta xizmatlari bozorida o‘tgan bir yil ichida o‘zini ishonchli hamkor va novator sifatida namoyon qila oldi.
Neo Insurance litsenziyasi kompaniyaga jismoniy shaxslar bilan birga, biznes faoliyatlari uchun ham keng qamrovli xizmatlarni taqdim etuvchi barcha turdagi sug‘urtalarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Kompaniyaning xizmatlar assortimenti bank xavflaridan tortib, kosmosga uchirilayotgan raketalargacha bo‘lgan juda ham keng diapazonlarni qamrab olgan.
Xizmatlar sifatini nazorat qilish va doimiy ravishda oshirib borish maqsadida o‘z faoliyatining ilk kunlaridanoq Neo Insurance kechayu-kunduz mijozlarni qo‘llab-quvvatlovchi ko‘p tilli markazni yaratishga investitsiya kiritdi. Sug‘urta sohasida uzoq yillik ish tajribasiga ega operatorlarning har qanday paytda yordamga tayyorligi kompaniyaning odamlarga yaqin bo‘lish, ularning ehtiyojlari va xohish-istaklarini inobatga olishga intilishini yana bir bor tasdiqlaydi.
Shuningdek, markazda mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yangi innovatsion yondashuv joriy qilingan — bu psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘lib, ayniqsa, bugungi shiddatli va stressga to‘la davrda ushbu xizmatga bo‘lgan talab yanada ortmoqda.
Muttasil o‘z ustida ishlash, mukammallik sari intilish e’tiborsiz qolmaydi. Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazi 2024-yildayoq SNS Ratings agentligi tomonidan (uz)AAA darajasida yuqori baholanib, mijozlarga xizmat ko‘rsatishda “A’lo” deb topildi, bu esa eng qiyin daqiqalarda ham kompaniya mijozlarning ishonchli hamkori bo‘la olishidan dalolat beradi. Neo Insurance mijozlar haqida qayg‘urish faqatgina moliyaviy masalalar bilan cheklanmasligini yaxshi tushunadi.
Kompaniya o‘zining noyob IT ekotizimi orqali har doim biznes mijozlariga qulay sug‘urta shartlarini va yangi bosqichdagi xizmatlarni taqdim etishga intiladi. Ushbu IT ekotizimi O‘zbekistondagi turli xizmat sohalari, shu jumladan, tibbiyot muassasalari, tijorat banklari, shuningdek, “Elektron hukumat” tizimining raqamli ma’lumotlar platformasi bilan integratsiya qilingan.
Мобильное приложение NEO Insurance
Оформляйте полис, получайте помощь 24/7, следите за статусом полиса и заявки
Единый call-центр на связи
Обратная связь
Узбекистан, 100000, г.Ташкент, Яккасарайский р-н, ул Мирабад, 9А
При копировании материалов ссылка на сайт обязательна
Copyright © 2023-2025 Neo Insurance CORP Все права защищены